date

Arrasate Barselona odatdagidan boshqacha o‘ynaganini aytdi

Arrasate Barselona odatdagidan boshqacha o‘ynaganini aytdi

«Malyorka» bosh murabbiyi Yagoba Arrasate «Barselona»ning o‘yinida sezilgan taktik o‘zgarishlar haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uchrashuvda «ko‘k-anorranglilar» o‘z maydonida g‘alabaga erishdi. Mezbonlar safida Robert Levandovski, Lamin Yamal hamda Mark Bernal gol muallifi bo‘ldi.

Matbuot anjumanida Arrasate «Barsa» bu gal odatdagidan boshqacha tuzilmada harakat qilganini ta’kidladi: «Bugun “Barsa” boshqacha o‘ynadi. Odatda ularda ikki tayanch yarim himoyachi bo‘ladi, bu safar esa Kasado yagona tayanch bo‘lib qoldi, Fermin va Olmo esa yuqoriroqqa ko‘tarildi. Pedri bilan qanday o‘ynashardi — bilmayman, ammo ehtimol, boshqacharoq bo‘lardi», — dedi u.

23 turdan so‘ng «Barselona» La Liga jadvalida 58 ochko bilan yetakchilik qilmoqda. «Malyorka» esa 24 ochko to‘plab, 15-o‘rinda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Arrasate Barselona odatdagidan boshqacha o‘ynaganini aytdi