Brest Loriyanning omadli seriyasiga chek qo'ydi

Fransiya Liga 1ning 21-turida «Brest» o'z maydonida formaga kirib olgan «Loriyan»ni qabul qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuvning birinchi bo'limida Remi Laskari hisobni ochish imkoniyatiga ega bo'ldi, biroq jarima maydonchasi ichidan yo'llagan zarbasi aniq chiqmadi.
Ikkinchi taym boshida Laskari o'z xatosini to'g'riladi: 50-daqiqada u rikoshet yordamida gol urib, «Brest»ni oldinga olib chiqdi. Keyinroq mezbonlar qarshi hujumda yana bir bor raqibni jazoladi — 77-daqiqada Lyudovik Ajorq hisobni 2:0 ko'rinishiga keltirdi.
Ushbu natijadan so'ng «Loriyan» turnir jadvalida 9-o'rinda qoldi, «Brest» esa 12-pog'onaga joylashdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing