date

Flik Yamal o'yinini baholadi va almashtirish sababini aytdi

Flik Yamal o'yinini baholadi va almashtirish sababini aytdi

"Barselona" bosh murabbiyi Hans-Diter Flik "Mallorka"ga qarshi uchrashuvda (3:0) Lamin Yamalning o'yini yuzasidan fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

18 yoshli qanot hujumchisi 61-daqiqada gol urib, hisobni 2:0 ko'rinishiga keltirdi. 78-daqiqada esa u Runi Bardgji bilan almashtirildi. Oradan ko'p o'tmay kataloniyaliklar Mark Bernalning goli bilan uchinchi bor raqib darvozasini ishg'ol qildi.

Flikning ta'kidlashicha, Yamal birinchi bo'limda unchalik yaxshi ko'rinmagan, tanaffusdan keyin esa ancha faol va ishonchli o'ynagan. Murabbiy Lamin o'yindan zavqlanayotganini aytib, uni almashtirishga sabab sifatida payshanba kuni navbatdagi o'yin borligini ko'rsatdi.

12-fevral kuni "ko'k-anorranglilar" Ispaniya Kubogi yarim finalidagi ikki o'yindan iborat qarama-qarshilikning ilk bahsida Madridning "Atletiko" jamoasiga safarda qarshi maydonga tushadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Flik Yamal o'yinini baholadi va almashtirish sababini aytdi