Levandovski Barselona tarixidagi eng sermahsullar qatoriga kirdi

Ispaniya chempionati navbatdagi turida Kataloniyaning “Barselona”si “Mallorka”ni yirik hisobda mag‘lub etdi. Uchrashuvdagi ilk golni Robert Levandovski urdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Polshalik hujumchi uchun bu gol “Barса” safidagi barcha rasmiy o‘yinlarni qo‘shib hisoblaganda 114-gol bo‘ldi. Shu natija Levandovskiga klub tarixidagi eng yaxshi 15 to‘purar ro‘yxatidan joy olish imkonini berdi.
Ayni paytda Robert bu pog‘onani 1940–1950-yillarda “Barselona”da porlagan Estanislao Basora bilan bo‘lishib turibdi. Levandovskining navbatdagi marrasi — 117 ta gol urgan bolgariyalik Xristo Stoichkov.
Ro‘yxat peshqadami esa an’anaviy ravishda Lionel Messi: argentinalik yulduz “Barselona” uchun 672 marta raqib darvozasini ishg‘ol qilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing