Ronaldu talablari bajarilmasa yozda Al-Nasrdan ketadi

«Al-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu klubni tark etish variantini jiddiy ko'rib chiqmoqda. The Touchline nashri Saudiya OAVlariga tayanib xabar berishicha, portugaliyalik futbolchi Saudiya Arabistoni Davlat investitsiya jamg'armasi klubning ayrim transferlarini ataylab to'xtatib, jamoaning chempionlik imkoniyatlarini pasaytirganiga ishonadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
41 yoshli forvard «Al-Hilol» foydasiga xolislik buzilayotganidan ham norozi. Manbaga ko'ra, agar uning e'tirozlari inobatga olinmasa, Ronaldu mavsum yakunlangach, ya'ni kelayotgan yozda Saudiya chempionatini tark etishi mumkin.
Shuningdek, Ronaldu aynan shu sabablar tufayli jamoasining ikki uchrashuvini o'tkazib yuborgan. Hozircha u maydonga qaytishni ham rejalashtirmayotgani aytilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!