date

Gvardiola Man Siti yangi transferlariga muhim maslahat berdi

Gvardiola Man Siti yangi transferlariga muhim maslahat berdi

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola klub safiga qoʻshilishi mumkin boʻlgan futbolchilarga juda sodda, ammo muhim tavsiya beradi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ispaniyalik mutaxassis matbuot anjumanida yakuniy qaror har doim futbolchining oʻziga tegishli ekanini taʼkidladi. Uning aytishicha, tanlov agent, ona yoki ota emas, aynan oʻyinchining ichki xohishiga tayanib qabul qilinishi kerak.

Bugun "shaharliklar" Angliya Premyer-ligasining 25-turi doirasida "Enfild"da "Liverpul"ga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 21:30 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi.

Shanba kuni "Arsenal" "Sanderlend"ni 3:0 hisobida magʻlub etgach, "Manchester Siti" peshqadam "kanonirlar"dan 9 ochko ortda qolmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Gvardiola Man Siti yangi transferlariga muhim maslahat berdi