Engelxardt tug'ilgan kunida gol urgan 10-futbolchiga aylandi

Engelxardt tug'ilgan kunida gol urgan 10-futbolchiga aylandi

Bundesliganing 21-turida Myonxengladbaxning «Borussiya»si o'z maydonida Leverkuzenning «Bayer» jamoasini qabul qildi. Uchrashuv 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mezbonlar safida hisobni 10-daqiqada Yannyk Engelxardt ochdi. Qizig'i, yarim himoyachining bu goli uning tug'ilgan kunida kiritildi.

Shu tariqa Engelxardt Germaniya oliy ligasi tarixida aynan tug'ilgan kunida gol urgan 10-futbolchi sifatida qayd etildi. Undan avvalgi bunday holat 2024 yil avgustida Tim Klayndinst bilan sodir bo'lgan edi.

Keyingi turda «Borussiya» safarda Frankfurtning «Ayntraxt» jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar