MakTominay «Jenoa»ga qarshi o‘yinda jarohat oldi

Italiyaning «Napoli» klubida mavsumning yorqin futbolchilaridan biri bo‘layotgan Skott MakTominay A Seriyaning navbatdagi turida «Jenoa»ga qarshi uchrashuvda jarohat oldi. Birinchi bo‘lim oxirlarida u o‘yinni davom ettira olmasligini bildirib, zaxiraga olinishini so‘radi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Neapolliklar bosh murabbiyi Antonio Konte vaziyatga izoh berib, futbolchining yil boshidan beri yallig‘lanish bilan bog‘liq muammolari borligini ta’kidladi. Uning aytishicha, MakTominay maydonda qolishni istagan, biroq murabbiy xavfni kamaytirish uchun uni almashtirishga qaror qilgan.
Eslatib o‘tamiz, shotlandiyalik yarim himoyachi «Napoli» safida 2024 yildan beri to‘p suradi. Hozirda klub A Seriya turnir jadvalida uchinchi o‘rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!