PSJ Luis Enrikening kelajagi bo'yicha qaror qabul qildi

Parijning PSJ klubi bosh murabbiy Luis Enrikening ishidan mamnun va unga yangi shartnoma taklif qilishga tayyor, deb xabar bermoqda Lequipe. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbaga ko'ra, tomonlar muzokaralarni boshlab yuborgan va hamkorlikni 2030 yilning o'rtalarigacha uzaytirish variantini muhokama qilmoqda. Enrikening amaldagi kelishuvi esa 2026/2027 yilgi mavsum yakunida nihoyasiga yetadi.
Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsum Enrike boshchiligidagi parijliklar klublar tarixida ilk bor Chempionlar ligasida g'olib chiqqan edi.
Hozirda PSJ Liga 1 turnir jadvalida 48 ochko bilan ikkinchi pog'onada bormoqda. Navbatdagi uchrashuvda Enrike shogirdlari o'z maydonida «Marsel»ni qabul qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing