Van Deyk Liverpul va Manchester Siti o'yini oldidan gapirdi

«Liverpul» himoyachisi Virgil van Deyk APLning 25-turida «Manchester Siti»ga qarshi bo'ladigan markaziy uchrashuv arafasida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Niderlandiyalik futbolchi bu raqib bilan avval ham ko'plab esda qolarli bahslar o'tganini eslatib, navbatdagi to'qnashuv ham oson kechmasligini ta'kidladi. Uning aytishicha, futbolchilar aynan shunday yirik o'yinlar uchun maydonga tushadi va jamoa muxlislarini xursand qilishni istaydi.
«Liverpul» — «Manchester Siti» uchrashuvi bugun, 8 fevral kuni «Enfild» stadionida bo'lib o'tadi. Bosh hakamning ilk hushtagi 21:30 da (Toshkent vaqti bilan) yangraydi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing