Pirs Morgan Ronalduning Al Nasrdagi pozitsiyasini toʻliq qoʻlladi

Mashhur jurnalist Pirs Morgan Krishtianu Ronalduning “Al-Nasr”dagi murakkab vaziyati yuzasidan fikr bildirdi. Yaqinda 41 yoshni qarshilagan portugaliyalik yulduz klub boshqaruvidan norozi ekani, hatto jamoa o‘yinlarini boykot qilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbalarga ko‘ra, agar yaqin oylar ichida vaziyat o‘zgarmasa, hujumchi yozda Saudiya Arabistonini tark etishi mumkin. Morgan esa futbolchi bilan aloqada bo‘lganini, biroq suhbat tafsilotlarini oshkor etmasligini aytdi.
“Ha, Ronaldo bilan gaplashganman, lekin bu suhbat ikkovimizning oramizda qoladi. Shuni aytishim mumkin: bu masalada Krishtianuning pozitsiyasini juda yaxshi tushunaman va uni 100 foiz qo‘llab-quvvatlayman”, — deya Morganning so‘zlarini Al Nassr Zone keltirdi.
Eslatib o‘tamiz, Ronalduning “Al-Nasr” bilan shartnomasi 2027 yil o‘rtalarigacha mo‘ljallangan. U Saudiya Arabistonida uch yildan ortiq vaqt davomida to‘p surib kelmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!