Jahon chempioni Safonovni Shevalyedan ishonchliroq deb baholadi

1998 yil Fransiya terma jamoasi safida jahon chempioni bo'lgan Lionel Sharbonnye "PSJ" darvozabonlari Lyuka Shevalye va Matvey Safonovni taqqosladi hamda rossiyalik golkiperni ustunroq deb ko'rsatdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Sharbonnyening fikricha, hozirgi vaziyatda Safonov ancha ishonchli ko'rinadi: u jarima maydonida o'zini erkinroq tutadi, chiziqda balandroq o'ynaydi va xarizmasi bilan darvozani "kichraytirib" ko'rsatadi. Bu so'zlarni RMC Sport keltirdi.
8 fevral, yakshanba kuni "PSJ" Fransiya chempionatida uyida "Marsel"ni qabul qiladi. Parijliklar g'alaba qozonsa, Liga 1da yana yakka peshqadamga aylanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing