Inter Sassuolo himoyachisi Tarik Muharemovichni olmoqchi

Milanning “Inter” klubi “Sassuolo” safida to‘p surayotgan himoyachi Tarik Muharemovichni o‘z safiga qo‘shib olish niyatida. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
La Gazzetta dello Sport xabariga ko‘ra, so‘nggi oylar davomida “neradzurrilar” bosniyalik futbolchining o‘yinlarini diqqat bilan kuzatib bormoqda. “Inter” transferni yozda yakunlashni rejalashtirmoqda, bitim qiymati 25–30 million yevro atrofida bo‘lishi mumkin.
Muharemovich 2025 yilda “Yuventus”dan “Sassuolo”ga 3 million yevroga ko‘chib o‘tgan, uning shartnomasi 2031 yil 30 iyungacha amal qiladi. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 21 uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma berdi. Transfermarkt portali 22 yoshli himoyachini 14 million yevroga baholamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing