Endrik va Grinvud Liga 1 oy futbolchisi uchun kurashadi

Fransiya Liga 1 yanvar oyining eng yaxshi futbolchisi sovrini uchun da’vogar bo‘lgan uch futbolchi nomini e’lon qildi. Qisqa ro‘yxatga «Lion»dan Endrik va Pavel Shults kiritildi, uchinchi nomzod esa «Marsel» hujumchisi Meyson Grinvud bo‘ldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Qishki transferlar oynasida Endrik «Real»dan «Lion»ga ijaraga o‘tdi. Braziliyalik futbolchi «to‘quvchilar» safida o‘tkazgan 6 uchrashuvda 5 ta gol urib, 1 ta golli pas berdi. «Nant»ga qarshi shanba kungi o‘yinda esa Endrik qizil kartochka oldi.
Yakshanba oqshomida Fransiya chempionatida markaziy to‘qnashuv bo‘lib o‘tadi: «PSJ» o‘z maydonida «Marsel»ni qabul qiladi. O‘yinning matnli translyatsiyasini o‘tkazib yubormang.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing