date

Manchester Yunayted Enrike vakillari bilan uchrashib, javob oldi

Manchester Yunayted Enrike vakillari bilan uchrashib, javob oldi

Maykl Kerrik vaqtincha boshqaruvda o‘zini yaxshi ko‘rsatayotganiga qaramay, «Manchester Yunayted» yozda yanada tajribali va nufuzli murabbiy tayinlash variantini ham ko‘rib chiqmoqda. Transfer News Live Mirror nashriga tayanib xabar berishicha, «qizil iblislar»ning asosiy nishoni Luis Enrike bo‘lgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Manbaga ko‘ra, klub vakillari Parijda Enrike tomonining vakillari bilan uchrashuv o‘tkazgan. Muzokaralar yakunida ispaniyalik mutaxassis «Manchester Yunayted» loyihasining istiqboliga to‘liq ishongani yo‘q. Bunga qo‘shimcha ravishda, mankunianlar keyingi mavsum ham Chempionlar ligasidan chetda qolish xavfi ostida.

Qayd etilishicha, Luis Enrike yozda «PSJ» bilan yangi shartnoma imzolashi va ishini Parijda davom ettirishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Manchester Yunayted Enrike vakillari bilan uchrashib, javob oldi