date

PSJ Safonovning mashg‘ulotlardagi ishidan mamnun ekan

PSJ Safonovning mashg‘ulotlardagi ishidan mamnun ekan

Le Parisien nashri jurnalisti Benjamen Kuarez rossiyalik darvozabon Matvey Safonovning PSJdagi hozirgi holati haqida ma’lumot berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uning aytishicha, hozircha Safonov bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralar boshlanmagan. Shunga qaramay, klub Matveyning kundalik mashg‘ulotlardagi mehnati va maydondagi o‘yinidan juda mamnun.

Avvalroq OAV Safonov PSJ tarkibidagi eng kam maosh oladigan futbolchi ekani haqida xabar tarqatgandi.

Joriy mavsumda 26 yoshli darvozabon barcha musobaqalarda PSJ safida 6 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol o‘tkazib yubordi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » PSJ Safonovning mashg‘ulotlardagi ishidan mamnun ekan