date

Husanov va Holand Liverpulga qarshi startda maydonga tushadi

Husanov va Holand Liverpulga qarshi startda maydonga tushadi

Angliya chempionatining 25-turi doirasida «Manchester Siti» safarda «Liverpul» bilan to‘qnash keladi. «Shaharliklar» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola uchrashuvni quyidagi tarkibda boshlashga qaror qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

«Manchester Siti»ning asosiy tarkibi: Donnarumma, Nunes, Husanov, Gehi, Ait-Nuri, Rodri, Bernardu Silva, O'Rayli, Semenyo, Marmush, Holand.

Uchrashuv 21:30 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi. O‘yin tafsilotlarini LiveResult portalidagi matnli translyatsiya orqali kuzatish mumkin.

«Manchester Siti» APL turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda. Gvardiola jamoasi bitta o‘yini kam bo‘lishiga qaramay, peshqadam «Arsenal»dan to‘qqiz ochko ortda qolmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Husanov va Holand Liverpulga qarshi startda maydonga tushadi