Baumgartner dubli Leyptsigga Kyoln ustidan g'alaba keltirdi

Bundesliganing 21-turida "Kyo'ln" o'z maydonida "RB Leyptsig"ni qabul qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuv boshlanishida mezbonlar Said el-Mala orqali xavfli vaziyat yaratdi, biroq darvozabon ishonchli harakat qildi. Oradan ko'p o'tmay David Raumning zarbasida ham posbon mahoratini ko'rsatdi, hujum davomida esa Romulo Kruz to'pni ustunga tekkizib yubordi. Qulay pozitsiyada qolgan Ksaver Shlager esa jarima maydoni ichidan aniq ura olmadi. 29-daqiqada "Kyo'ln" darvozaboni qo'pol xatoga yo'l qo'ydi va Kristof Baumgartner bosh bilan hisobni ochdi — 0:1.
Ikkinchi bo'lim avvalida Yan Tilmann faollik ko'rsatib, hisobni tenglashtirdi — 1:1. Besh daqiqa o'tib, Shlager hujumni keskinlashtirdi va Baumgartner yana bir bor raqib darvozasini ishg'ol qilib, "Leyptsig"ni yana oldinga olib chiqdi — 1:2. Yakub Kaminski hisobni tenglashtirish uchun imkoniyatga ega bo'ldi, ammo uning zarbasi juda omadsiz chiqdi.
Ushbu g'alabadan so'ng "RB Leyptsig" "Shtutgart"ni ortda qoldirib, turnir jadvalida 4-o'ringa ko'tarildi. "Kyo'ln" esa 10-pog'onada qoldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!