Anchelotti JCh-2026 uchun Braziliyaning 11 futbolchisini aytdi

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti 2026 yilgi jahon chempionati uchun yakuniy ro'yxatdan joyi deyarli kafolatlangan 11 nafar futbolchini ma'lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
ESPN xabariga ko'ra, Anchelotti ishonch bildirganlar qatorida Alisson Beker, Markinyos, Gabriel, Kazemiro, Bruno Gimaraes, Vinisius Junior, Estevao, Rafinya, Rodrigu, Gabriel Martinelli va Mateus Kunya bor.
Eslatib o'tamiz, JCh-2026 11 iyundan 19 iyulgacha Shimoliy Amerikada bo'lib o'tadi. Turnir o'yinlariga AQSh, Kanada va Meksika mezbonlik qiladi.
Hozircha musobaqaning amaldagi chempioni — finalda Fransiyani mag'lub etgan Argentina terma jamoasi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing