Millioner rafiqasi begona nigohlardan xoli dam olishi uchun 50 million dollarga xususiy orol sotib oldi

Millioner rafiqasi begona nigohlardan xoli dam olishi uchun 50 million dollarga xususiy orol sotib oldi

Dubayda yashovchi tadbirkor Jamol Al Nadakning rafiqasi Soudi Al Nadak turmush o‘rtog‘i unga begona nigohlardan yiroqda hordiq chiqarishi uchun xususiy orol sotib olganini ma’lum qildi. Bu haqda 2024 yilda The Independent nashri xabar bergan.

Blogerning so‘zlariga ko‘ra, Osiyoda joylashgan orolning qiymati 50 million dollarni tashkil etgan. Er-xotin ushbu xaridni nafaqat shaxsiy dam olish, balki kelajak uchun investitsiya sifatida ham ko‘rgan.

Soudi Al Nadak orolning aniq joylashuvini xavfsizlik nuqtayi nazaridan oshkor qilmagan. Uning ta’kidlashicha, xususiy hudud ularga omma e’tiboridan chetda, bemalol hordiq chiqarish imkonini beradi.

Biroq orolning xarid qilingani va uning 50 million dollarga baholangani haqidagi ma’lumotlar mustaqil ravishda tasdiqlanmagan. Shu sababli bu xabar blogerning bayonotiga asoslanadi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar