date

Gleb Trubinning golini sport moʻjizasi deb atadi

Gleb Trubinning golini sport moʻjizasi deb atadi

Belaruslik, avvalroq “Barselona” safida o‘ynagan Aleksandr Gleb Chempionlar ligasida “Benfika” darvozaboni Anatoliy Trubinning “Real” darvozasiga urgan goli (4:2) paytidagi his-tuyg‘ularini esladi. 90+8-daqiqada kiritilgan bu gol portugaliyaliklarga pley-off bosqichiga yo‘l ochib berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

“Bu — sport mo‘jizasi! Kimdir mo‘jizani Joze Mourinyo yaratadi deydi, lekin menimcha, shunchaki hammasi bir paytga to‘g‘ri kelib qoldi. So‘nggi daqiqalar, jarima zarbasi, ajoyib uzatma va darvozabonning goli”, — dedi Gleb “RB Sport”ga.

Qayd etilishicha, Chempionlar ligasi pley-offining saralash (stikovoy) raundida “Benfika” yana Madridning “Real”iga qarshi maydonga tushadi. Dastlabki uchrashuv 17 fevral kuni Lissabonda, javob o‘yini esa 25 fevral kuni Madridda bo‘lib o‘tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Gleb Trubinning golini sport moʻjizasi deb atadi