Saudiya jurnalisti Ronaldu oldida tiz cho'kmaymiz dedi

Krishtianu Ronaldu «Al-Nasr»ning bir qator o'yinlarini boykot qilayotgani aytilmoqda. Manbalarga ko'ra, futbolchi klub boshqaruvidagi qarorlar va ish uslubidan norozi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Vaziyatga Saudiya Arabistonidagi taniqli teleboshlovchi Valid al-Faraj ham munosabat bildirdi. U liga nizomi va mamlakat sport tizimi «qizil chiziq» ekanini ta'kidlab, jahon yulduzi maqomi hech kimga qoidalarni buzish huquqini bermasligini qayd etdi.
«Saudiya chempionati har qanday futbolchidan ustun. Ronaldu reglamentni hurmat qilishi va qonunlarga amal qilishi kerak. Biz Ronaldu oldida tiz cho'kmaymiz. Nimani xohlaysiz, uni yalinib qolishimizni? Mamlakatimiz va ligamiz hammadan ustun», — deya al-Farajning so'zlarini NewsRoom keltiradi.
Eslatib o'tamiz, Ronaldu bilan «Al-Nasr» o'rtasidagi shartnoma 2027 yilning o'rtalarigacha amal qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!