date

Lyuis Dank mag'lubiyat uchun javobgarlikni tan olishga chaqirdi

Lyuis Dank mag'lubiyat uchun javobgarlikni tan olishga chaqirdi

Angliya Premyer-ligasining 25-turida "Brayton" safarda "Kristal Pelas"ga 0:1 hisobida yutqazdi. Uchrashuvdagi yagona gol "chaykalar" darvozasini dog'da qoldirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

O'yindan so'ng jamoa sardori Lyuis Dank natijaga munosabat bildirib, hammasi birgalikda mas'uliyatni his qilishi kerakligini ta'kidladi. Uning fikricha, hozirgi pallada "Brayton" kutilgan darajada o'ynay olmayapti, shu bilan birga so'nggi bahslarda omad ham yetishmayapti.

"Buni tan olishimiz kerak: hozir yetarlicha kuchli emasmiz. Javobgarlikni o'z zimmamizga olishimiz shart. Omad ham kulmayapti, buni oxirgi o'yinlarda ko'rish mumkin. Bu futbol — yana urinib ko'ramiz", — deya Dankning so'zlarini BBC Sport keltirdi.

Hozirda "Brayton" Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida 14-o'rinda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Lyuis Dank mag'lubiyat uchun javobgarlikni tan olishga chaqirdi