date

Pochettino Tottenhemning hozirgi holatiga baho berdi

Pochettino Tottenhemning hozirgi holatiga baho berdi

Tottenhemning sobiq bosh murabbiyi Maurisio Pochettino jamoa duch kelayotgan navbatdagi muammolar va natijalar borasida o‘z fikrini bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

25 turdan so‘ng “shporlar” Angliya Premyer-ligasi jadvalida 15-o‘rinni egallab turibdi. O‘tgan mavsumda esa londonliklar 17-pog‘onada yakunlagan, biroq shunga qaramay, Yevropa Ligasida g‘olib chiqqandi.

Pochettinoning ta’kidlashicha, Yevropa Ligasi kubogi yoqimli yutuq bo‘lsa-da, bu klub uchun yetarli emas. Unga ko‘ra, Tottenhem doim Chempionlar Ligasida o‘ynashi, muxlislar esa jamoa Premyer-liga va Chempionlar Ligasida chempionlik uchun kurashishini kutadi. Hozirda argentinalik mutaxassis AQSH terma jamoasida faoliyat yuritmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Pochettino Tottenhemni 2014 yildan 2019 yilgacha boshqargan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Pochettino Tottenhemning hozirgi holatiga baho berdi