Arbeloa Mbappe Ronaldu rekordini yangilashi haqida gapirdi

Madridning "Real" jamoasi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa hujumchi Kilian Mbappening yuqori natijadorligi yuzasidan fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Fransuz futbolchi La Ligadagi "Valensiya"ga qarshi yakshanba kungi o'yinda yana gol urdi. Uchrashuv "qaymoqranglilar"ning 2:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. Mbappe joriy mavsumda 31 o'yinda 38 ta gol urib, bir paytlar Krishtianu Ronaldu eng zo'r yillarida ko'rsatgan raqamlarga yaqinlashdi.
Arbeloa fikricha, ko'pchilik Ronaldu darajasidagi samaradorlikni takrorlash deyarli imkonsiz deb o'ylagan, ammo Mbappe aynan shu yo'ldan ketayotgandek. Uning so'zlariga ko'ra, Ronaldu to'purarlik bo'yicha ortda qoldirish nihoyatda qiyin, chunki Krishtianu "boshqa sayyoralik" darajasidagi futbolchi, biroq bunday marraga kimdir yetsa, bu aynan Kilian bo'lishi mumkin.
Ma'lumot uchun, Ronaldu "Real" tarixidagi eng yaxshi to'purar: u 438 o'yinda 450 gol urgan. Mbappe esa "Real" safidagi 90 uchrashuvda 82 marta raqib darvozasini ishg'ol etgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!