date

Mbappe ketma-ket olti o'yinda gol urib, Yevropada yetakchi bo'ldi

Mbappe ketma-ket olti o'yinda gol urib, Yevropada yetakchi bo'ldi

Ispaniya chempionatining navbatdagi turida Madridning “Real” klubi mamlakat janubiga, Valensiyaga safar uyushtirdi va “yarasalilar”ga qarshi uchrashuvning ikkinchi bo'limida javobsiz ikki gol urdi. O'yindagi ikkinchi to'p muallifi Kilian Mbappe bo'ldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Shu tariqa fransuz hujumchisi La Ligadagi gol seriyasini ketma-ket olti uchrashuvga yetkazdi. Bu seriya o‘tgan yil 14-dekabr kuni “Alaves” darvozasiga kiritilgan gol bilan boshlangan va hozirga kelib olti o'yin davom etmoqda.

Mbappening ushbu natijasi hozirgi vaqtda Yevropaning top-5 chempionatlari orasida eng yaxshi amaldagi ko‘rsatkich hisoblanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Mbappe ketma-ket olti o'yinda gol urib, Yevropada yetakchi bo'ldi