Kefren Tyuram Juventus durangidan soʻng hafsalasi pir bo‘ldi

“Yuventus” yarim himoyachisi Kefren Tyuram A Seriyada “Latsio”ga qarshi 2:2 hisobidagi durangdan keyin jurnalistlar bilan fikr almashdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Turinliklar uchrashuvda 0:2 hisobida ortda qolib ketdi, biroq Ueston Makkenni va Pyer Kalyulyuning aniq zarbalari evaziga hisobni tenglashtirdi. Qutqaruvchi gol o‘yin yakunida, 95-daqiqada urildi.
“Natijadan hafsalamiz pir bo‘ldi. Juda yaxshi o‘ynadik, ko‘plab golli vaziyatlar yaratdik. Menimcha, 100 foiz kuchimizni berdik va o‘zimizni yaxshi tomondan ko‘rsatdik, ammo afsuski g‘alaba qozona olmadik.
Keyingi o‘yin “Inter”ga qarshi? Juda kuchli raqib, lekin “Yuventus” har doim g‘alaba uchun maydonga tushishi kerak”, — deya Tyuramning so‘zlarini keltiradi “Gazeta.Ru”.
Lyuchano Spalletti jamoasi 24-turdan so‘ng turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!