date

Luis Enrike Dembele dublidan so'ng uning beqarorligini yoqladi

Luis Enrike Dembele dublidan so'ng uning beqarorligini yoqladi

PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike Liga 1 doirasida «Marsel» ustidan 5:0 hisobidagi yirik g'alabada dubl qayd etgan Usmon Dembele o'yinini yuqori baholadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

28 yoshli hujumchi yakshanba kungi uchrashuvda ikki bor raqib darvozasini ishg'ol qilgani bilan birga, yana bir golli uzatma ham berdi va jamoasining asosiy qahramoniga aylandi.

O'yindan keyingi intervyuda Enrike Dembele haqida «beqaror» degan fikrlarga munosabat bildirib, bunday futbolchilarni yoqtirishini aytdi. Ispaniyalik mutaxassis Dembele formada bo'lganida juda kuchli o'ynashini ta'kidladi va shu bois u «Oltin to'p»ni qo'lga kiritganini eslatib o'tdi.

Joriy mavsum Fransiya chempionatida Dembele 13 uchrashuvda 7 ta gol urdi hamda 4 ta golli pas muallifi bo'lib turibdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Luis Enrike Dembele dublidan so'ng uning beqarorligini yoqladi