Aleksey Gasilin Lukman ketishi Atalanta uchun yoqotish emas dedi

Sankt-Peterburgning «Zenit» klubida to‘p surgan Aleksey Gasilin nigeriyalik hujumchi Ademola Lukmanning «Atalanta»dan ketishi haqida fikr bildirdi. 28 yoshli forvard faoliyatini Madridning «Atletiko» jamoasida davom ettiradi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
«Lukman hanuz yaxshi holatda. U o‘ynashni xohlaydi, yetakchi bo‘lishi mumkin. «Atalanta» uchun bu yo‘qotish emas, futbolchining o‘zi uchun esa yangi chaqiriq va katta plus», — dedi Gasilin «Match TV» efirida.
Lukman «matraschilar» bilan 2030 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. Transfer uchun Madrid klubi Bergamo jamoasiga 35 million yevro to‘ladi.
Joriy mavsum A Seriyasida Ademola 12 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing