Eduard Mor Yuvyentusning asosiy muammosini aytib berdi

A Seriyaning 24-turida Turinning «Yuvyentus» klubi Rimning «Latsio» jamoasiga qarshi o'yinda durang qayd etdi. Uchrashuv 2:2 hisobida yakunlandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
O'yindan so'ng «keksa sinyora»ning harakatlarini Moskvaning «Spartak» sobiq himoyachisi Eduard Mor tahlil qildi.
Mutaxassis fikricha, «Yuvyentus» himoyachilari tez-tez individual xatolarga yo'l qo'ymoqda: ba'zan raqibga golga olib keladigan pas berib qo'yadi, ba'zan esa to'pni osonlikcha yo'qotadi. Mor bunday epizodlarni murabbiy oldindan hisoblab chiqishi qiyinligini ta'kidladi.
24 turdan keyin turinliklar 46 ochko jamg'argan va A Seriya jadvalida to'rtinchi o'rinda bormoqda. «Yuvyentus» uchinchi pog'onadagi «Napoli»dan uch ochkoga ortda qolmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing