Safonov PSJda asosiy tarkib ishonchini qozondi

PSJ darvozaboni Matvey Safonovning ilk murabbiyi Aleksey Chistyakov rossiyalik posbonning fransuz klubida ketma-ket uchinchi o'yinda start tarkibida maydonga tushganini baholadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Liga 1ning 21-turida PSJ o'z maydonida “Marsel”ni 5:0 hisobida yirik mag'lub etdi. Safonov uchun bu uchrashuv joriy mavsumdagi navbatdagi “quruq” o'yinlardan biri bo'lib, u umumiy hisobda uchinchi bor darvozasini daxlsiz saqlab qoldi.
Chistyakovning ta'kidlashicha, Safonovning uchinchi o'yin ketma-ket asosiy tarkibda boshlashi uning PSJ murabbiylar shtabi ishonchini to'liq oqlayotganidan dalolat. “Bu Matveyning mehnati, intilgani shu edi. Barakalla!” — dedi u.
Joriy mavsumda 26 yoshli Safonov barcha turnirlarda 7 ta uchrashuvda maydonga tushdi, 5 ta gol o'tkazib yubordi va 3 marta darvozasini “quruq” saqlab qoldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!