date

Roberto Karlos Ronalduni to'xtamaslikka va o'ynashga chaqirdi

Roberto Karlos Ronalduni to'xtamaslikka va o'ynashga chaqirdi

Braziliya futboli afsonasi Roberto Karlos Saudiya Arabistoni chempionatida «Al-Nasr» safida to'p surayotgan 41 yoshli hujumchi Krishtianu Ronalduning faoliyati haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Karlosning ta'kidlashicha, Ronaldu hech qachon to'xtamasligi kerak: agar u bir kun faoliyatini yakunlashga qaror qilsa, Roberto unga qo'ng'iroq qilib, bu qarordan qaytarishini aytdi. Uningcha, bunday futbolchilar klub va terma jamoa uchun juda katta ahamiyatga ega, shuning uchun Krishtianu hatto bir oyog'ida bo'lsa ham maydonga tushishda davom etishi lozim. Karlos Ronalduning mehnati va yo'li futbolga endi qadam qo'yayotgan yoshlarni ruhlantirayotganini ham qayd etdi.

Ma'lumot uchun, Ronaldu «Al-Nasr» bilan 2027 yilgacha shartnoma imzolagan. Xabarlarga ko'ra, portugaliyalik hujumchi hozirgi holatidan norozi va jamoaning so'nggi uchrashuvlarida qatnashmadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Roberto Karlos Ronalduni to'xtamaslikka va o'ynashga chaqirdi