00:19 / 04.03.2017
5 767

Mesut O‘zil uzoq yillik sirini oshkor qildi

Mesut O‘zil uzoq yillik sirini oshkor qildi

Madridning “Real” jamoasi sobiq a’zosi, ayni vaqtda “Arsenal” klubi yarim himoyachisi Mesut O‘zil 2010 yilgi Jahon chempionatidan so‘ng “Barselona”ga o‘tishga yaqin turganini o‘z kitobida yozib o‘tgan, deb ma’lum qiladi Darakchi nashri.

“Jahon chempionatidan keyin “Arsenal” bilan birga “Manchester Yunayted”, “Bavariya”, “Barselona” va “Real” meni o‘z safida ko‘rishni istagandi. Mening agentim “Bavariya” vakillari bilan ushbu jamoaga o‘tishimni muhokama qilishgandi.



Klubdagilar unga mendan qaysi holatda foydalanishlari haqida aytishgan. Boshqa klublar bilan ham shunday holat takrorlangan. Men “Barselona”ga o‘tishimga ishongandim. Chunki dunyodagi hech bir jamoa “Barselona” singari chiroyli o‘yin ko‘rsatmasdi.

Ammo jamoaning o‘sha paytdagi murabbiyi Gvardiola jamoaga o‘tishim bilan bog‘liq muzokaralarda ishtirok etmadi va menga muhokamalardan keyin telefon ham qilmadi. U mening transferimga qiziqish bildirmadi. Shu sabab “Barselona”ga o‘tishga bo‘lgan qiziqishim darrov so‘ngandi”, – deydi Mesut O‘zil.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mesut O‘zil uzoq yillik sirini oshkor qildi