Atalanta Kremonezeni yengib, g'alabali seriyasini davom ettirdi

Seriya Aning 24-turida «Atalanta» o'z maydonida «Kremoneze»ni qabul qildi va uchrashuvni 2:1 hisobida o'z foydasiga hal qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
13-daqiqada Dzhiakomo Raspadori uzatmasidan so'ng Nikola Krstovich aniq zarba yo'llab hisobni ochdi — 1:0. Oradan ko'p o'tmay Nikola Zalyevski jarima maydonida Lazar Samardjichni topdi, biroq uning zarbasi to'singa tegib qaytdi. 25-daqiqada esa tezkor hujum Mario Pashalichning pasidan keyin Davide Dzappakostaning goliga aylandi — 2:0.
Ikkinchi bo'limda Zalyevski uzoq masofadan xavfli urindi, ammo nishonga teqa olmadi. Uchrashuv oxirlarida Milan Dyurich bosh bilan darvozani nishonga oldi, lekin darvozabon intriga qaytishiga yo'l qo'ymadi. Odilon Kossununing zarbasi himoyachiga tegib qaytgan vaziyatda Berat Djimsiti to'pni darvozaga kiritgandek bo'ldi, ammo hakam ofsaydni qayd etdi.
Mehmonlar baribir so'nggi daqiqalarda javob golini urdi: Sebastyan Lupertoning uzatmasidan so'ng Morten Torsby to'pni havodan kuchli zarba bilan darvozaga yo'lladi — 2:1.
Bu g'alaba «Atalanta»ning muvaffaqiyatli seriyasini uzaytirdi va jamoa 7-o'rindagi pozitsiyasini mustahkamladi. «Kremoneze» esa turnir jadvalida 15-o'rinni raqiblari bilan bo'lishib turibdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!