date

Inter Dimarko bilan shartnomani 2030 yilgacha uzaytirishga yaqin

Inter Dimarko bilan shartnomani 2030 yilgacha uzaytirishga yaqin

Milanning «Inter» klubi himoyachisi Federiko Dimarko bilan yangi kelishuv bo‘yicha muzokaralarda yakuniy bosqichga yaqinlashdi. Insayder Nikolo Skira ma’lumotiga ko‘ra, tomonlar 2030 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzolashga yaqin turibdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Xabarlarga ko‘ra, APLning bir nechta jamoasi futbolchiga qiziqish bildirgan, biroq gap aniq takliflargacha yetib bormagan. Hozircha ham klub, ham Dimarko hamkorlikni davom ettirishni ustuvor deb bilmoqda.

28 yoshli chap qanot himoyachisi «Inter» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U «Syon», «Parma», «Verona» va «Askoli»dagi ijaralardan so‘ng Milan jamoasiga qaytib, vaqt o‘tishi bilan «neradzurri»ning asosiy futbolchilaridan biriga aylandi.

Joriy mavsumda Dimarko 31 o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 13 ta golli uzatma amalga oshirdi. Uning amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha kuchda, Transfermarkt esa futbolchini 50 million yevroga baholamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Inter Dimarko bilan shartnomani 2030 yilgacha uzaytirishga yaqin