Krishtianu Ronaldu Al-Nasr safga qaytishga yaqin turibdi

Krishtianu Ronaldu Saudiya Pro-ligasidagi so‘nggi ikki uchrashuvni o‘tkazib yuborgandi. Hujumchi klub boshqaruvidagi ayrim qarorlardan norozi bo‘lib, jamoa o‘yinlarida qatnashmaslik yo‘lini tanlagani aytilgandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
The Touchline nashri A Bola manbasiga tayanib xabar berishicha, besh karra «Oltin to‘p» sohibi Al-Nasr tarkibiga qaytmoqda. 41 yoshli forvard shanba kungi Pro-liga bahsida «Al-Fateh»ga qarshi maydonga tushishi kutilmoqda.
Hozirda Al-Nasr Saudiya Arabistoni chempionati jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda. Jamoa peshqadam «Al-Hilol»dan bor-yo‘g‘i bir ochko ortda qolgan.
Ronaldu faoliyati davomida jami 961 ta gol urgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing