Demetrio Albertoni Sakkini yaxshi ma'nodagi man'yak deb atadi

Milan safida 1988-2002 yillarda to'p surgan sobiq yarim himoyachi Demetrio Albertoni klub tarixidagi eng mashhur murabbiylar qo'l ostida ishlashga ulgurdi. Ular orasida Arrigo Sakki, Fabio Kapello hamda Karlo Anchelotti bor. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Albertonining aytishicha, 1991 yilda Milanni tark etib, Italiya terma jamoasini boshqarishga ketgan Sakki futbolga mutlaqo o'zgacha yondashgan.
«Sakki yaxshi ma'noda haqiqiy man'yak edi. U ko'pincha meni chetga olib chiqib, gap boshlardi — mavzu doim taktika, sxemalar va harakatlanish haqida bo'lardi. Juda ehtiros bilan tushuntirar, ko'rsatib berardi. Unda o'yinga nisbatan kam uchraydigan, noodatiy ishtiyoq borligi yaqqol sezilardi», — deya Albertonining so'zlarini pianetamilan.it keltiradi.
Ayni paytda Milan Italiya chempionati turnir jadvalida ikkinchi o'rinni egallab turibdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!