Edin Djeko Shalke safida dubl qayd etdi

Bosniyalik hujumchi Edin Djeko futbolchilik faoliyatidagi yoshi kattaligiga qaramay, gol urish mahoratini yo'qotmaganini ko'rsatmoqda. Yangi jamoasi — «Shalke» safidagi ilk o'yindayoq hisobni ochgan forvard bu safar Drezdenning «Dinamo»si darvozasiga ikki bor yo'l topdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Biroq Djekoning dubli «Shalke»ga g'alaba keltirmadi: uchrashuvning so'nggi 12 daqiqasida mezbonlar vaziyatni o'zgartirib, hisobni tenglashtirishga erishdi. Natijada «Shalke» Germaniyaning ikkinchi kuchli ligasida turnir jadvalidagi peshqadamlikni «Darmshtadt»ga boy berdi. Keyingi turda «Shalke» «Holshteyn»ga qarshi maydonga tushadi.






























Izohlar 0
…