date

Al-Nasr Ronalduning ikki talabini bajarib, bo'ykotni yakunladi

Al-Nasr Ronalduning ikki talabini bajarib, bo'ykotni yakunladi

Krishtianu Ronaldu norozilik sifatida boshlab yuborgan bo'ykotini to'xtatmoqda. Kutilishicha, portugaliyalik yulduz dam olish kunlari Saudiya Arabistoni chempionatida «Al-Fateh»ga qarshi uchrashuvda maydonga tushadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

A Bola xabariga ko'ra, Ronaldu tomonidan bo'lgan bosim fonida «Al-Nasr» rahbariyati ikki masalada yon berdi. Avvalo, Ar-Riyod klubi so'nggi soatlarda xodimlar oldidagi qarzdorliklarni yopdi. Shuningdek, Ronalduning sport bo'limidagi yaqin odamlari — Joze Semedu va Simao Kontinyo — vakolatlarini qayta tikladi. Avvalroq bu ikki funksioner qishki transfer kampaniyasi jarayonida muhim rol o'ynay olmagandi.

Hozirda «Al-Nasr» Pro-liga jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda va peshqadam «Al-Hilol»dan bir ochko ortda qolgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Al-Nasr Ronalduning ikki talabini bajarib, bo'ykotni yakunladi