date

Granero Arbeloadan mamnun, asosiy poydevor qo'yildi

Granero Arbeloadan mamnun, asosiy poydevor qo'yildi

Madridning «Real» klubida to'p surgan Esteban Granero Alvaro Arbeloaning «qirollik klubi»dagi bosh murabbiylik ishiga baho berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Granero fikricha, Arbeloa uzoq muddatli reja zarurligini yaxshi tushunadi va bu rejaning tayanchi sadoqat, mustahkamlik hamda tinimsiz mehnatdan iborat. «Jamoada juda ijobiy energiya bor. U hali ko'p narsani qurishi kerak, ammo eng muhim ishlarni allaqachon qilib bo'ldi», — dedi u DAZNga.

Eslatib o'tamiz, Arbeloa yanvar oyida Xabi Alonsoning o'rnini egallagan edi. 43 yoshli mutaxassis qo'l ostida «Real» barcha musobaqalarda o'tkazilgan 7 uchrashuvning 5 tasida g'alaba qozondi.

Hozir madridliklar La Liga jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda va peshqadam «Barselona»dan bir ochko ortda qolmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Granero Arbeloadan mamnun, asosiy poydevor qo'yildi