date

Chicago Fire murabbiyi Levandovski borasida fikr bildirdi

Chicago Fire murabbiyi Levandovski borasida fikr bildirdi

Amerikaning «Chicago Fire» klubi bosh murabbiyi Gregg Berhalter «Barselona» markaziy hujumchisi Robert Levandovskining ehtimoliy transferi yuzasidan izoh berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mutaxassis muzokaralar tafsilotlarini ochiqlashni istamasligini aytib, polshalik forvardning darajasini alohida ta’kidladi. Berhalterga ko‘ra, Levandovski so‘nggi 15 yilda top-5 Yevropa ligalarida eng ko‘p gol urgan futbolchi bo‘lib, qaysi jamoada o‘ynamasin, doimo o‘z saviyasini isbotlab kelmoqda. Murabbiy uzoq yillardan beri uning muxlisi ekanini ham qo‘shimcha qildi.

Avvalroq OAV «Chicago Fire» Levandovskiga ikki yillik shartnoma taklif qilayotgani haqida xabar tarqatgandi.

Levandovskining «ko‘k-anorranglilar» bilan amaldagi kelishuvi 2025/2026 yilgi mavsum yakunida tugaydi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Chicago Fire murabbiyi Levandovski borasida fikr bildirdi