date

Shevchenko Rebrov Ukrainada ishini davom ettirishini ma'lum qildi

Shevchenko Rebrov Ukrainada ishini davom ettirishini ma'lum qildi

Ukraina futbol assotsiatsiyasi rahbari, sobiq «Milan» va Londonning «Chelsi» klubi hujumchisi Andrey Shevchenko milliy jamoa bosh murabbiyi Sergey Rebrovning kelajagi yuzasidan fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Shevchenko UAF matbuot xizmati orqali Rebrovni almashtirish masalasi kun tartibida emasligini ta'kidladi va mutaxassis ishini xotirjam davom ettirishi mumkinligini qayd etdi.

Sergey Rebrov Ukraina terma jamoasini 2023 yildan buyon boshqarib kelmoqda.

«Sariq-ko'klar» 2026 yilgi Jahon chempionati saralash guruhida ikkinchi o'rinni egalladi va endi pley-off uchrashuvlarida maydonga tushadi. Ukrainalarning ilk raqibi Shvetsiya terma jamoasi bo'ladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Shevchenko Rebrov Ukrainada ishini davom ettirishini ma'lum qildi