Karvaxal Real Madrid undan voz kechdi deb o‘ylamoqda

Himoyachi Dani Karvaxal faoliyatidagi eng og‘ir davrlardan birini boshdan kechirmoqda. Radio Marca efirida 34 yoshli futbolchining o‘yin amaliyoti yetishmayotganidan norozi ekani, ayniqsa mundial yaqinlashayotgan bir paytda bu holat uni tashvishga solayotgani muhokama qilindi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, Karvaxal «Real» klubida endi unga ishonch kamayganini sezmoqda va shartnoma uzaytirilmasligi mumkin, deb gumon qilmoqda. Hozircha kelishuvni yangilash bo‘yicha aniq muzokaralar yo‘q, Dani esa avval ham Madrid klubida tajribali o‘yinchilar bilan shunga o‘xshash vaziyatlar kuzatilganini eslaydi.
Karvaxal 2012/2013 yilgi mavsumda «Bayer» safida ijara asosida o‘ynagan. Qolgan yillarda esa u faqat «Real» sharafini himoya qilib kelmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!