Romano Vitinyaning Realga o‘tish ehtimolini baholadi

Romano Vitinyaning Realga o‘tish ehtimolini baholadi

PSJ yarim himoyachisi Vitinya so‘nggi paytlarda muntazam ravishda Madridning «Real» klubi bilan bog‘lanmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

25 yoshli portugaliyalik futbolchi «qaymoqranglilar»ning asosiy transfer nishonlaridan biri sifatida tilga olinadi. Insayder Fabritsio Romanoning aytishicha, «Real» vakillariga Vitinya rostdan ham yoqadi, xuddi boshqa top-klublar kabi. Biroq hozircha vaziyat o‘zgargani yo‘q: futbolchining PSJ bilan uzoq muddatli shartnomasi bor, maoshi ham yuqori, parijliklar rahbariyati esa uni loyiha uchun muhim figura deb biladi. Romanoga ko‘ra, Vitinyani olib ketish juda qiyin bo‘ladi — fransuz grandi o‘z yulduzi uchun ulkan summa so‘rashi kutilmoqda.

Transfermarkt mutaxassislari Vitinyaning bozor qiymatini 110 million yevroga baholagan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar