Ronaldu atrofidagi vaziyat Al-Nasr rahbariyatini o‘zgartirdi

Ronaldu atrofidagi vaziyat Al-Nasr rahbariyatini o‘zgartirdi

Krishtianu Ronaldu bilan bog‘liq noroziliklar klub ichida iz qoldirganga o‘xshaydi. Arriyadiyah xabariga ko‘ra, Muhammad al-Skit «Al-Nasr» direktorlar kengashi raisi lavozimidan iste’fo berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Manbaga ko‘ra, funksioner qarorini shaxsiy sabablar bilan izohlagan, biroq tafsilotlarni ochiqlamagan.

Avvalroq klubda Ronalduga yaqin hisoblangan portugaliyaliklar — Joze Semedu va Simau Koutinyo vakolatlari qayta tiklangani haqida xabarlar tarqalgan edi. Shuningdek, yulduz hujumchi klubdan ichki muammolarni bartaraf etish bo‘yicha aniq va’dalar olgani aytilmoqda.

Qayd etilishicha, «Al-Nasr» boshqaruvidagi o‘zgarishlar bundan keyin ham davom etadi. Jamoa hozir turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar