Serbiya murabbiyi Vlahovich yozda Barselonaga borishini aytdi

“Yuventus” hujumchisi Dushan Vlahovich yaqin orada klubini o‘zgartirishi mumkin. 26 yoshli futbolchining shartnomasi mavsum yakunida tugaydi va italiyaliklar uni uzaytirishi ehtimoli past — serbiyalik forvard erkin agent maqomida bozorga chiqadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Serbiya terma jamoasi fitnes-murabbiyi Dushan Ilichning aytishicha, Vlahovich kelasi yozda “Barselona” safiga erkin agent sifatida qo‘shilishi mumkin. Bu haqda Tuttosport nashri uning fikrlarini keltirdi.
Vlahovich 2022 yil boshidan beri “Yuventus”da to‘p surib kelmoqda. Mish-mishlarga ko‘ra, kataloniyaliklar hujumchini Robert Levandovskiyga ehtimoliy o‘rinbosar sifatida ko‘rib chiqmoqda, polshalik yulduzning amaldagi shartnomasi ham mavsum yakunida yakuniga yetadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!