date

Romano Vlahovichning Barselonaga o‘tishi haqidagi gaplarga munosabat bildirdi

Romano Vlahovichning Barselonaga o‘tishi haqidagi gaplarga munosabat bildirdi

«Yuventus» hujumchisi Dushan Vlahovich so‘nggi kunlarda «Barselona»ga ehtimoliy transfer bilan faol bog‘lanmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Serbiyalik forvard kataloniyaliklarga erkin agent sifatida qo‘shilishi mumkinligi aytilmoqda: futbolchining amaldagi shartnomasi kelasi yozda yakuniga yetadi. Bu mish-mishlar Serbiya terma jamoasi murabbiylar shtabi vakilining bayonotidan keyin yanada kuchaydi.

Insayder Fabritsio Romano esa vaziyatga aniqlik kiritdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Serbiya tomoni aytgan gaplar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi: Vlahovich hali hech kim bilan kelishuvga erishmagan, «Yuventus» sport direktori Ottolini ham shartnomani uzaytirish ehtimolini rad etmayapti. Romano «Barselona» oktyabr oyida Vlahovich bilan aloqaga chiqqanini tasdiqladi, biroq keyingi qadamlar ko‘p jihatdan Levandovski atrofidagi vaziyatga bog‘liq bo‘lishini qo‘shimcha qildi.

Vlahovichga da’vogarlar orasida «Bavariya», «Milan» va boshqa klublar ham tilga olinmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Romano Vlahovichning Barselonaga o‘tishi haqidagi gaplarga munosabat bildirdi