Gvardiola Holannning gol ishtahasidagi pasayish sababini aytdi

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola hujumchi Erling Holannning so'nggi o'yinlardagi formasi haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Norvegiyalik forvard so'nggi paytda odatdagidek tez-tez gol ura olmayapti. "Liverpul"ga qarshi uchrashuvda u penaltidan hisobni o'zgartirdi, APLda esa o'yin davomida urgan so'nggi goli 20 dekabr sanasiga to'g'ri keladi.
Gvardiolaning ta'kidlashicha, Holann uchun asosiy sinov raqiblar emas, balki o'z raqamlari va o'zidan kutilayotgan talablar. Murabbiy fikricha, yillar davomida bir xil yuqori darajada qolish juda qiyin: Erling atigi to'rt-besh o'yinda gol ura olmasa ham, darhol hamma tomondan "Nima bo'ldi?" degan savollar ko'payadi.
Shunga qaramay, Holann APL to'purarlari poygasida 21 gol bilan hamon peshqadam bo'lib turibdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!