Tottenhem qanot hujumchisini uzoq muddatga yo'qotdi

Angliya chempionati doirasida seshanba kuni "Tottenhem" o'z maydonida "Nyukasl"ni qabul qildi. Uchrashuvning birinchi bo'limidayoq vinger Vilsn Odobert jarohat sabab almashtirildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Le Parisien xabariga ko'ra, ertasi kuni ertalab Odobert tibbiy ko'rikdan o'tdi. Tekshiruvlar 21 yoshli futbolchining chap tizzasidagi oldingi xochsimon payi uzilganini ko'rsatgan.
Agar tashxis tasdiqlansa, Odobert uchun 2025/2026 yilgi mavsum amalda yakunlangan bo'ladi. Bunday jarohatdan tiklanish odatda kamida olti oy vaqt oladi, biroq yakuniy xulosani klubning rasmiy bayonotidan keyin bilib olamiz.
2025/2026 yilgi mavsumda Vilsn Odobert 33 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma amalga oshirdi. U Fransiya yoshlar terma jamoasi futbolchisi hisoblanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!