Shevchenko Italiyaga qaytish taklifini nega rad etganini aytdi

2006 yilda ukrainalik hujumchi Andrey Shevchenko Italiya chempionatini tark etib, faoliyatini Angliyada davom ettirdi. Biroq ikki yil o‘tib, Angliyadagi ishlar kutilgandek ketmagani sezila boshlagan paytda u A Seriyaga qaytish imkoniyatiga ega bo‘lgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Shevchenkoning aytishicha, 2008 yilda “Roma” bosh murabbiyi bo‘lgan Luchano Spalletti uni jamoaga chorlagan, ammo futbolchi bu taklifni rad etgan. Uning ta’kidlashicha, agar Italiyaga qaytishga qaror qilganida, buni faqat “Milan” safida amalga oshirardi.
So‘nggi yillarda Shevchenko murabbiy sifatida katta natijalarga erisha olmadi, shuningdek u siyosiy faoliyatda ham o‘zini sinab ko‘rishga uringan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing